Shogirdlar Fikri

Sardor

"Aniq rejali va tartibli"

Ustozim Jasurbek Butayevning kurslaridagi manga eng maqul bo'lgan narsa bu - kurslar aniq rejali, ketma-ketlik va tartibli tarzda tuzulgan bo'lib, pala-partish va chigalliklar yo'qligidir. Dars o‘tish uslublari tartibli va izchil. Darslar juda qiziqarli va savol javoblarga boy bo'lardi. Savollarim ko'pligiga qaramasdan ustoz erinmasdan javob berardilar.

Shoxruh

"Erinmay tushuntiradi" 

Birinchi o‘rinda, shogirdlarning bilim darajasiga qarab erinmay tushuntirishi va keyin shunga qarab talab qo‘yishi alohida e’tiborga loyiq. U kishining to‘g‘ri maslahatlari, animatsiyadan tashqari, odamgarchiligi va hayotga oid bergan to‘g‘ri maslahatlari uchun ham hurmat qilaman. 

Ilhom

"Qimmatli maslahatlar" 

Jabu animatsiya maktabida Jasurbek Butayev mentorligi ostida animatsiyani asta-sekin, reja bilan o'rgandim. Darslarda menga yoqqan eng yaxshi jihat, mentor faqat bilim berish bilan cheklanmay, kasbga oid hayotiy tajribalari, studiya hayoti, professionallik haqida qimmatli maslahatlarini berib borishidir. Hozirda Lola animatsiya studiyasida Bosh animator bo'lib faoliyatdaman.

bunyod

"Juda yaxshi o'rgatadi" 

Jasurbek Butayevning kurslari juda yaxshi va samarali. Har bir mashg'ulot yaxshi o'ylangan va qiziqarli bo'ladi. Kursni eng yoqgan tarafi har bir narsa juda yaxshi o'rgatiladi. Bularnig barchasi uchun Ustoz Jasurbek Butayevga katta rahmat aytaman.

Muhammadmuso

"Tavsiya qilaman" 

Har bir shotlarni tahlil uchun tayyorlab, tahlildan yangi narsalarni o’rgandim. Nazariy bilimlarni ham ma’ruza paytida eshitib, yangi va animatsiyaning mohiyatini tushuntirib beradigan ma’lumotlarni o’rganardim. Bu kurslarni hamma animatsiyani chuqur va tartib bilan o’rganmoqchi bo’lganlar uchun tavsiya qilaman!

hamidjon

"O'rganlarim qo'l kelyapti" 

Ustozim Jasurbek Butayev dan juda ko'p narsa o'rganganman. Ayniqsa o'rgangan narsalarim ish jarayonida juda ham yordam berib kelayapti. Ustoz ishni to'g'irlash bo'yicha maslahatlar berayotgan paytda erinmasdan tushuntiradilar. Ustozni kurslarini birin-ketinligi shu darajada yaxshi tuzilganki, xar bitta animator uchun ajoyib qo'llanma desa ham bo'ladi.

Azamat

"Yangiliklarga boy" 

Ustoz bilan darslar har doim qiziqarli va mazmunli bo'ladi. Xar bir dars yangiliklarga boy bo'ladi. Ko‘pincha darslar rejadagidan uzog‘roq davom etadi, chunki ustoz mavzuni chuqurroq tushuntirishga va xar bir detalni aniqlik bilan ko‘rsatishga harakat qiladilar, kichik savollarga ham batafsil javob berib, o‘z misollari bilan tushuntirib beradilar. Ustozning darslaridan so‘ng ijodkorlik va yangilik yaratish qobilyatlaringiz ham ancha o'sadi. Sizlarga ham maslahat beraman.

Kutmang. Hoziroq bizga bog'laning