Xar bir kurs 3 oy davom etib, o'quvchining bilim darajasi va tajribasiga qarab bo'lib chiqilgan. Darslar ma'ruza, amaliyot, uyga vazifalar tahlilidan iborat. Darslar o'quvchining hohishiga ko'ra offline yoki online o'tiladi. Xar hafta ma'ruza va amaliyot video darsliklari va 2 marta (15 minutlik) jonli tahlil beriladi.
Bu kurs animatsiyaga kirish hisoblanib, animatisyasi asoslarini o'rganamiz. Bu mashqlar og'irlikni yaxshi tushunish imkonini beradi. Bundan tashqari real buyumlar harakatlarini ham o'rganib, ularni multiklashtirish ustida ham shug'ullanamiz. Kursda o'qish uchun Autodesk Maya programmasida boshlang'ich bilimga ega bo'lish talab qilinadi. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz, quyidagi darajada animatsiya qilishingiz mumkin.
Bu kursda tana haratlari asoslarini o'rganib, qanday qilib real va ishonchli animatsiya qilishni o'rganamiz. Bunda tana a'zolari qanday ishlashini tahlil qilib, murakkab bo'lmagan animatisiyalar ustida ishlaymiz. Kursda o'qish uchun, 1-darajada animatsiya demoreel ko'rsatishingiz zarur. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz, quyidagi darajada animatsiya qilishingiz mumkin.
Bu kurs murakkab tana haratlariga asoslanadi. Bunda og'irlik ko'tarish, surish, tortish, parkour, sport animatsiyalari ustida ishlaymiz. Kursda o'qish uchun, 2-darajada animatsiya demoreel ko'rsatishingiz zarur. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz, quyidagi darajada animatsiya qilishingiz mumkin.
Bu kurs yuz hissiyotlari va gapirish asoslarini o'rganadi. Bunda emotsiyalarning o'zgarishi, dialog va monologlarni qanday qilib chiroyli animatsiya qilishlish ustida ishlaymiz. Kursda o'qish uchun, 3-darajada animatsiya demoreel ko'rsatishingiz zarur. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlasangiz, quyidagi darajada animatsiya qilishingiz mumkin.
Hozirgi kunda eng kassabop filmlar motion capture texnologiyasini ishlatishladi. Bunga yaqqol misol Avatat filmi. Kursda motion capture asosida olingan harakatlarni animatsiyaga tayyorlash, to'g'irlash, o'zgartirish, qo'shimchalar kiritish va sayqallash o'rgatiladi. Bu kursda o'qish uchun kamida 1-darajadagi animatsiya demoreel ko'rsatishingiz zarur.
Ushbu kursda raskadrovka asosida previs qilishni o'rganiladi. Bunda sahnalashtirish, kamera joylashuvi va harakati asoslari tushuntiriladi. Qanday qilib kamera orqali xar xil hissiyotlar berish ko'rsatiladi.
Bu kursimiz hayvon va maxluqlar animatsiyasiga kirish hisoblanib, asosan ularning yurishi va yugurish o'rganiladi. Bunda hayvonlar va maxluqlarning tana mexanikasiga katta e'tibor beriladi. Bu kursda o'qish uchun kamida 1-darajadagi animatsiya demoreel ko'rsatishingiz zarur.
Ushbu kurs hayvonlarning murakkab tana mexanikasiga bag'ishlanadi. Oldingi kursdan farqi sikllar bilan ishlanmaydi. Bu kursda o'qish uchun kamida 1-darajadagi hayvon va maxluqlar animatsiyasi demoreeli ko'rsatishingiz zarur.
Bu kursdan hayvon va maxluqlarning murakkab tana harakatlari va ularnga personaj berishni sir asrorlarini o'rganasiz. Bu kursda o'qish uchun kamida 2-darajadagi hayvon va maxluq animatsiyasi demoreeli ko'rsatishingiz zarur.

Yuqoridagi kurslar ustoz oldida offline o'tiladi.